Azamat Qorjovov. Sandiqda saqlangan sir (hikoya)

Mamadi bovaning kampiri yiqildi-yu yetmish
yildan beri birinchi marta oz kuchi bilan
oyoqqa turmadi. Tugilmagan odamlar biz
bilan yonma-yon yasholmaganidek olganlar
ham safimizdan ketishi koz ustidagi qoshday
peshonaga bitilgan edi. Cholning bogziga
nimadir tiqildi. Kampir olsa holi ne kechadi?
Yolgiz ogli Zavqiddin shahardan beri kelmasa.
 Tashlab ketma,  dedi chol unsiz.
Birov doxtirni chaqirdi. Doxtirning laqabi
Kaput edi. Orziposhsha momoni erinmay
tekshirgach, dahlizga chiqib bosh chayqadi.
Mamadi bovaning nazarida u shunday ogir
damda ham piching va hazil aralash Gitler
kaput deganday tuyulib, gijini keldi.
 Davlat shuncha yil oqitgan  Chol hovliga
chiqqanda, ovozini kotardi:  Nima, bir
momoyni saqlab qololmaysanmi? Yiqilgan
bolsa yumronqoziq iniga oyogi kirib yiqilibdi.
 Gap inda emas, bova, momomning yuragi
charchagan. Yiqilmaganda ham baribir
kopga bormasdi. Endi, bu yogi qarichilik.
Bardam boling.
Chol uyga kirdi.
 Zavqiddinlar keldimi?  soradi kampir
inqillab.
 Chaqirtirdim, bugun yetib kelsa kerak.
Bilasan-ku, uning ishdan qoli tegmaydi.
 Ishdan?
 Ha, ishidan javob sorab keladi-da.
Kampir sandigiga boshini zorga burib qaradi.
Keyin kuchanib-emranib korpacha tagidan
kalit oldi.
 Mana sandiqniki
Mamadi bova savolomuz boqdi. Kampiri
shiftdan olim elchisi keladigandek jimgina
kutardi.
 Nima qilay buni?  dedi chol.
 Sandiqniki,  takrorladi bemor.  Olib
qoying Izlab yotmang deyman-da.
 E, qiziqsan... Buncha vahima qilasan?
Odamlar ayiqning iniga yiqilib omon qolayapti.
Orziposhsha momo kozlarini charchoq-la
yumdi. Korpaning bilinar-bilinmas qimirlashi
uning hayotligidan darak berardi. Chol uh
tortib xayolga chomdi. Korganlari bir farzand
boldi. Uyam Mamadi bova qamoqda
ekanligida tugildi. Yolgiz farzandining
chaqaloqligini kormadi ota. Eri yumshoq
paxtaning qattiq qahriga uchrab hibs etilgan
olis shoro yillarida shu kampir otin yorishga
odam topolmay tezak yigib uy isitdi, ovqat
qildi, kir yuvdi. Ikki yuzi qip-qizil, lorsillagan
xotin edi. Juda kech tugdi. Odamlar er-
xotinning sadoqatiga, sabriga tasannolar
aytishdi, yoshlarga namuna qilib korsatishdi.
Shular tufayli onlab oilalar saqlab qolingandir,
ehtimol. Ayrimlar Eri qamalgan, nimasini
maqtaysizlar deb orlik qilsa, kattalar
Qamalganlarning hammasiyam jinoyatchi
emas, zindon ham bir choh kabidir deyishar
va Mamadi bovaning oilasini koklarga
kotarishardi.
Ammo vaqt otgandan keyin boboning boshi
egildi.
Zavqiddin bilim va shijoat bobida yuzlab
tengdoshlarini ortda qoldiradigan olov yigit
edi. Harbiy xizmatdan ham gul-gul ochilib
qaytdi. Institut esa shaharda bir umr
qolishiga patta berdi. U qishloqda
ishlolmasligini malum qildi. Bu ham
yetmagandek Luizaga uylandi. Luiza toladan
kelgan, sutga chayilgan kabi opppoq, boyama
bolsa-da, qora qosh. Biroq kozlari moviy,
sochlari sargishtob. Mamadi bova orisning
qishloqcha gapirishini oshanda kordi, ena
dedi Orziposhshaga. Hech kim chol-kampirni
aybsitmadi, shunda ham boshini xam qildi ota.
Uningcha, yolgiz ogil padarining uyini tashlab
ketishi jinoyat edi. Ish ota-onadan ustun
kelibdimi? Oris kelin qishloqda yasholmasa,
nega tegdi?
Lekin xafaligini birovga sezdirmadi. Bolam
shaharlik boldi, deb toylarda maqtandi.
Maqtandi-yu oglidan yarim judo bolganini
oylab, ichi muzladi.
Kampiriga-ku taraf yoq. Umr boyi sirliligicha
yashadi shu mushtipar. Davlat mulkini
ogirladi, deb Mamadi bovaga tuhmat
qilishganida ham dushmanlarni qargamadi.
Shubhaga borgan Mamadi bova Orzi, sen
ham meni ogri hisoblaysanmi? deb
soraganida, hayrat va alam bilan boqqan edi.
Sizni ogri desam, hatto xayolimdan
otkazsam ikki dunyom kuysin, degandi u.
Bir paytlar Rayonda Amerikaning josus ayoli
bor ekan, qishloqi ozbek qiyofasida yashab
yurganmish, maqsad-bemaqsad bunyod
etilgan harbiy qismning tagida qitalararo
uchiriladigan raketa bormish, shuni
poylarkan kabi mishmishlar bolalab qolgandi.
Qishloq erkaklari bir-biriga Osha josus
sening xotining bolib chiqmasin deb
hazillashishi avj oldi. Kopchilik Mamadi
bovaning sirli kampirini hazil nishoniga
aylantirishdi. Agar Amerika josusi qishloq ayoli
qiyofasida bolsa, Orziposhsha kampirdan
boshqasi oxshamas ekan. Qaysidir toyda
kulgi-mutoyiba avjiga chiqqanida, kolxoz
raisning ozi ham hazilga aralashdi:
 Mening xotinim,  dedi u,  oris tilini
biladi, tan olaman, lekin oramizda anglis
tilidan xabardor ayolning eri otiribdi-yov. 
Shunday deb u hammani Mamadi bovaga
qaratdi.  Momom anglischani biladimi,
yoqmi, togrisini ayting.
 Anglischani deyapsanmi? Qiziqmisan,
ozbekchani tuzuk bilmaydi-ku. On gapirsam
bir javob olaman.  Ammo Mamadi bovaga
hazil botib ketdi:  Rais bolib topgan gapingni
qara-yu!
 Rayondan eshitib keldim, sening
kalxozingdan, deyishdi. Momo bir zamonlar
Registonga borganda bir turistga senkyu
deganini eshitganlar ogizlari ochilib qolgan,
guvohlar tirik. Chaqirtirib kelaymi?
Davrada kulgi kotarildi. Chollardan biri:
 Bizning kalxozdan bolsa, Mamadining
kampiri ekanligi aniq,  dedi.  Chunki otasi
oqimishli inson bolgan, Germonda yashab
kelgan, deb eshitganman. Lekin KGB ikki
dunyodayam tutolmaydi, Orziposhsha tiliga,
yurish-turishiga shunday ehtiyochilki, ortiqcha
gapirganini bir marta eshitmabman, bir
marta-ya! Shu koyi olib ketsam kerak.
Hazil tagi zilga aylanmasin, deb rais gapni
boshqa chollarga burdi, ammo Mamadi bova
ichidan zil ketdi. Bir oycha oziga kelolmay
yurdi. Oshanda xotinini zimdan kuzatib,
anglischani biladi-yov deya gumonsirardi.
Amerika bilan qaerda gaplashishini oylab
oyiga yetolmas, tez-tez kelib yuradigan
elektrikdan  sariq sochli oris yigitdan 
gumonsirardi. Balki u oris emas, anglisdir,
men farqini sezarmidim, bari bir xil bolsa! 
derdi shayton kongli.
Yigirma yilcha muqaddam qitalararo
uchiriladigan raketaning qaerda joylashgani
josus tufayli xalq orasida yoyilib ketgach,
allaqayoqqa kochirib ketishdi. Stakan deb
atalmish qudugiga birov ikkita tuxum
tashlagan ekan, tubiga on daqiqada yetib
boribdi. Shunday katta raketani axtargan ayol
yumronqoziq iniga qoqilib, olim toshagida
yotibdimi? Balki songgi nafasi yaqinlashganini
sezib, sirlarini aytib ketar? Chol baribir
sorayolmaydi. Togrisini ayt, shoro davrida
Amerikaning josusi edingmi? deb sorasinmi?
Mana, endi dollar-dollar degan gaplar chiqib
qoldi. Oddiy shu qishloq ayoli xufiyalik qilgan
bolsa, Pentagonning pullarini nimaga sarf
qilgan? Bitta sigir sotib olish uchun tiyinlab
yiqqan vaqtlari boldiki osha zamonlarda.
 Tentakman,  pichirladi chol,  qariganda
odamning miyasi suyilib qoladi shekilli?
Boyaqish giybatchi, sergap, vaysaqi
bolmagani uchun aybdormi? Amerika kelib-
kelib shu mushtipardan foydalanadimi?
Kechasi mashinaning ovozi eshitildi. Mamadi
bova derazadan moralagandi, chiroqlar kozini
qamashtirib yubordi. Ogli kelgan edi. U onam
uxlab yotibdi, deb oylab otasi bilan shivirlab
sozlasha boshladi. Ozi bilan shahardagi eng
mashhur shifokorni ham olib kelgan ekan,
bemorning uygonishini kutmay darrov
tekshira boshladi.
Ogli bundoq qarasa otasi qolida kalit ushlab
turibdi.
 Ota, kalit nimaniki?  imladi Zavqiddin.
 Eh, biron joyga ilib qoymoqchiydim-a.
Boyagina enang bergandi, sandigining kaliti
Toza tushkunlikka tushib qolgan
Shu payt Orziposhsha momo:
 Ogli-i-m  deb chozib ovoz berdi.
Hamma uning boshida uymalashdi. Shifokor
sozsiz-soroqsiz ish bilan band edi. Bir necha
daqiqadan song Kaputning gaplarini buning-
da ogzidan eshitajagiga Mamadi bovaning
imoni komil boldi. Haqiqatan eski gap
takrorlandi. Mamadi bova onta kampiri olib
organib qolgandek xotirjam eshitdi.
 Oglim,  dedi yana Orziposhsha momo.
U hozircha tirik hisoblansa-da, bu oxirgi sozi
edi. Tong otdi. Janozaga tayyorlana
boshladilar. Yuz-kozlarga qayguli tus berildi,
eshik-derazalar artildi, yigitlar otinlarni bir
chetga taxlashdi. Tadorigni korib, Orziposhsha
momoning qulaganini, olimi yaqinligini
eshitmaganlar ham tushunib olaverishdi.
Luiza bolalari bilan qorasini korsatganida
kampirning joni hali uzilmagan edi. Zavqiddin
pichir-pichir qilib olgach, shaharga  ishga
jonadi. Harqalay Enam olsa chaqirasizlar,
demadi. Shu kuni oris kelinga bitta ham ish
topilmadi. U xuddi shaharlik bolib tugilganiga
pushaymon yeyayotgandek nuqul uzun-uzun
barmoqlariga tikilar, sargishtob sochini
yigishtirar, dam-badam labini tishlardi. Shu
otirishi nafaqat qishloqqa, butun Markaziy
Osiyoga yarashmay turardi. Tezaklar
taxlangan tandirxonaga qarab-qarab
qoyganida kozlarida qorquv zohir bolishigina
samimiy edi uning.
Nevaralar buvijonning boshida bir qator
tizilishib otirdilar. Kattasining boyi ancha
chozilib qolgani bois Orziposhsha momo
Nega bu tik turibdi? deb ajablanib qarab
qoydi.
Jon uzilar chogida Mamadi bova ham boshida
edi. Kampiri boyaqish yana sandiqqa koz
tashlagandek tuyuldi. Song bir nima dedi va
barcha tiriklarga nasib etadigan qismatga 
olimga yuz tutdi. Yurak urishi toxtadi, shu
bilan birga lablar pirpirashi, kipriklar
qaltirashi, kokish tomirlardan bilinib-bilinmay
oqayotgan qon  barchasi abadiy qotdi.
Shaharlik nevaralar ovoz chiqarib yiglashni
bilmasdilar, qoshni xotinlar boshlab berishdi:
 Shunday yaxshi enamiz bor edi-ya!.. Uvv
uvv
Qanchalik galati bolmasin, odamning kulgisi
qistardi. Kopchilikning nazarida, yoshini
yashab bolgan kampir vafot etgan bolsa,
buning motamlik siyogi qolmagan edi.
Mamadi bova Men gor kavlab kela qolay
degan kabi indamay eshikka yurdi. Shunda
kozlari oz-ozidan devordagi mixga qadaldi:
kampir bergan kalit jonsiz osilib yotardi.
Shunda kampirining butun sir-asrori sandiqda
yashiringanini tushunib, kalitni yulib oldi va
chontagiga berkitdi. Avval men ochaman!..
Chol umri mobaynida necha-necha odamni
gorga qoyishda ishtirok etgandi,
kampirinikiga ruxsat berishmadi.
Kelganlarning taziyasini qabul qilib, chollar
bilan darvozada otirish kerak emish. Biladi,
kozi qizarib ketgan. Ovoz chiqarib yiglashga
uyalib, nuqul yerga qaraydi.
Urf-odatga kora marhumaning buyumlarini
ayollarga tarqatish kerak edi. Hadeganda
sandiqning kaliti topilmagach, ayollar Mamadi
bovaning huzuriga borishdi.
 Momom sandiqning kalitini bergan ekan,
qaerga qoygansiz?
 Bugun shartmi shu?  jerkib berdi chol
xotinlarni.  Ozimning ham bazi narsalarim
bor, xudoyida ochaman, ertaga.
Tunda taxmonni tushirib, kalitni buradi.
Sandiq qulfi jagidan ayirilgan kabi olimtik
holga tushdi. Qopqoq kotarildi. Choynak-
piyolalar, yaltiroq klyonkalar ichidagi romollar
va koylaklik matolar, mayiz, yongoq. Mamadi
bova gumonchil xayollaridan dili ezilib,
narsalarni bir-biri kozdan kechirdi. Hammasi
kampiri haqida sozlardi. Birontasiga sirning
bir misqoli ham yuqmagandi. Eng tagida soat
turgan ekan. Sifatsiz qogoz qutidagi devor
soati, kartoni mayishgan. Uni ham qolga olib
bir nafas manosiz tikilib qoldi. Ichini ochdi.
Batareykasiz, yap-yangi, arzon xitoy soati edi.
Endigina joyiga qoymoqchi edi, sandiq
burchagida yotgan konvertni korib qotib qoldi.
Sargayib ketgan maktub ancha yillardan beri
saqlanayotganga oxshardi. Shart qolga oldi-
yu qoyniga tiqdi. U barchasini yolgiz ozi
bilishni istardi. Bir amallab kozoynagini topdi
va lampaga yaqinroq surilib, hijjalab oqishga
tushdi:
Xudo menga farzand bermadi,  deb
boshlanardi maktub,  bittayu bitta bola
soradim. Shorim qisib erim ham qamaldi-
ketdi. Ogri bolgandan keyin bir kun kelib
qamalishi kunday ravshan edi. Qaysi ogri
qolga tushmagan? Qaysi ogri qamalmay
qolibdi?
Xayrlashar chogida konglini kotarish uchun
Boyimda bor deb aldadim. Aslida men 
shum xotinda reja bor edi, yolgon bir tadbir
oylagandim. Eh, bu yolgonim necha yilda
ochilar ekan, ottiz yildami, qirq yildami?
Ishqilib, men ham, erim ham olib
ketganimizdan song ochilsin, deb xat yozib
qoyishga ahd qildim. Qiyomatgacha yolgonchi
bolishdan Xudo asraydi, xatimni bir kun kelib
baribir birov oqiydi.
Rozgor ham azobdan iborat bolib qoldi. Yer
chopaman, gong tozalayman, otin yoq, soy
boyiga tushib, tezak teraman. Qayishadigan
odamlar ham bor, umridan baraka topgurlar
chin dildan yordamlashadi. Lekin biz paxta
odamimiz, bularning bari paxtadan keyingi
tirliklar. Azob desam, azob emas farzandsizlik
oldida. Shunday qilib, oylagan tadbirim bola
asrab olish edi. Erim qamalgach, ozimni
ogiroyoq korsatib yurdim. Goyoki erim
qamoqqa tushganda bir oylik homilam
bolgan, yetti oylik qilib tugib oldim.
Shahardagi bolalar uyidan chaqaloq olib
kelganimni enamga ham sezdirmadim.
Aytdim-ku men shumman deb. Umidim yana
Yaratgandan. Ishqilib oglim bizlarga
oxshasin-da! Yillar otdi, boyi osgan sayin
asrab olgan odamlarga tortdi, yuzim yorug
boldi. Otasining oldiga, qamoqxonaga olib
borganimda bechora suyunardi, Men ham
otaman deb kokragiga urardi.
Gunohlarimni Ozing avf et! Men bir osiy
bandangman. Olganimdan keyin shu xatni
topib haqiqatni bilsinlar 1970 yil
Mamadi bova sixga tortilgandek qimirlamay
otirardi. Kozidan bir tomchi yosh dumalab
sargaygan qogozga bodrab tushdi.
Buni baxtsizlik desa boladi,  derdi ichki
ovozi,  buni qiyomat desa yarashadi Voy
Orziposhsha-ey Shuncha yil bilmabman-a?
Mening hech kimim yoq ekan-ku bu dunyoda!
Sezgandim-a bu bola nega biznikilarga
uylanmadi, shahardan beri kelmaydi deb! Qon
tortmas ekan-da, qon tortmas
Ota-onasidan xabar olmaydigan jamiki
farzandlar aslida qoni begona tashlandiqlar
bolib tuyuldi boboga. Lablarida achchiq kulgi
oynadi. Marhum kampirini tuzukroq
sokolmadi, lanatlayolmadi. Biroq maktubni
gijimlab tashlar ekan:
 Bunaqa xotin boguncha talogingni
soramaysanmi, Orzi?  dedi.  Amerikaning
josusi bop chiqqaningda mingdan-ming rozi
edim-a attang
Choshgohda xotinlar sandiqni titkilab korishib
elga tarqatiladigan buyum topisholmadi, bari
yangi, kiyilmagan narsalar edi. Mamadi
bovaga kalitni tutqazishgandi, ornidan zorga
turdi-da, hassaga suyanib, narigi xonaga
chiqib ketdi. Kayvonilar bir-biri bilan koz
urishtirishdi. Ular cholning hassa tutganini ilk
marta korib turishlari edi, arazlashini ham
kutmagandilar, albatta.
Kalit Luizaga topshirildi. Luiza
Shveytsariyadagi polat sandiqning kaliti
bolganida, ehtimol, kamoli ehtirom ila olgan
bolarmidi, ammo hozir uning-da asablari
charchab, necha kundirki shahardagi chala
qolgan ishlarida edi xayoli.
Harholda ketish oldidan kelin qaynotasining
izzatini joyiga qoydi. Qoshnilarning ichidan
doimiy qarovchi topdi, yakshanba kunlari
xabar olgani kelishlariga vada berdi. Oxirida:
 Ota,  dedi moviy kozlari namlanib, 
bilaman, biz bilan shaharga ketmaysiz, lekin
lekin nega begonalarga qaragandek bizdan
xafasiz Axir oglingiz ham, men ham
ishimizni tashlolmaymiz, nevaralaringizning
kelajagi uchun ham shaharda yashashimiz
kerak. Qishloqdan qatnaylik desak, yuz
kilometrdan ziyod. Har kuni ikki yuzdan ortiq
yol bosishning ozi bolmaydi, katta yolgacha
on besh kilometr onqir-chonqir
 Odamning qadri kilometrlab olchanmaydi,
 dedi Mamadi bova.
Boshqa hech nima demadi. Kayfiyati yoqligini
judolikning tasiri deb oylashdi.
Kun otgan sayin qurib boraverdi. Dardini na
Zavqiddinga, na oqsoqollarga aytdi.
Marakalarga kelgan chollar Orziposhshani
mozorotning bog tomoniga qoyishibdi,
donglik tolib qolganmish deganlarini
eshitgan edi. Demak, yangi olik uning yonidan
joy oladi.
Momoning qirqidan keyin Mamadi bova
butunlay yotib qoldi. Kaputni chaqirib
kelishgandi, tekshirib bolgach, qishloq ahliga
qarab, qollarini iks qildi va past ovozda:
Gitler kaput, deb ornidan turdi. Etagini
qoqdi.
Kuni bitgani el-ulusga malum bolib, yosh-qari
vidolashgani tez-tez kelaverdilar. Chol songgi
kuchini toplab:
 Meni Orziposhshaning yoniga qoymanglar,
boshqa joyga kominglar,  dedi-yu bandalikni
bajo keltirdi.
Luiza marakalardan charchadi. Biriniki zorga
xotima topganda ikkinchisiniki boshlandi.
Biroq ichida allaqanday xotirjamlik hukm
surar, eridan organgan savob otliq ishlarni
qilgisi, qishloqliklar oldida yuzi yorug bolgisi
kelardi. Korinmas zanjirlardan xalos bolgan
insonlargina shunday baxtiyor va savobchil
boladilar.
Mamadi bovaning xudoyisi kuni uy toriga bir
notanish kampir kelib otirdi. Uni faqat
yetmishdan oshganlaru giybatchi xotinlargina
tanidilar. Bir zamonlar Orziposhsha momo
ishlagan kolxozda bu ham ishlab ketgan ekan.
Ayollar tarqay boshlagach, u ham yolga
otlandi. Eshikka yetib, sekingina xonadon
kelinini surishtirdi.
 Men,  dedi Luiza.
 Qizim, qaynonangning xudoyisiga keldim
desam qaynotangnikiga kepman. Bu yerlardan
kochib ketganmiz, eshitmabman, yol uzoq.
Endi-i, senga bir iltimos bor, kulmaysan,
bolam. Burungi zamonda qaynonangga bir xat
bergandim, saqlab qoying deganman.
Qaynonang sirni qattiq saqlaydi. Besh yillar
avval rahmatlini uchratganimda sandiqda
yotibdi, degandi. Shuni olib bersang. Mening
ham poymanam tolgan. Xatni oglimga
qoldirib ketsam, devdim. Bitta-yu bitta oglim
bor, asrandi bolsa ham juda ham mehribon,
xuddi men tuqqandekman... Uni uni asrab
olganimda, cholim qamoqda edi. Boyimda
bor, deb cholimni aldaganman. Hatto
enamga ham aytmaganman chaqaloqni aslida
asrab olganimni
Kelin harchand urinmasin, maktubni hech
qaerda topolmadi. Mehmon kampir esa yolda
qon bosimi oshib oldi. Sir sirligicha qolib,
abadiyatga muhrlab qoyildi.

Telegram.me/Kitobxona